Aholi salomatligiga koʻra guruhlashtiriladi

22:00 12 Noyabr 2020 Hujjatlar
695 0

Prezident farmoniga koʻra, takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmatiga koʻra, salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, odamlar tayanch, past xavf guruhi, oʻrta xavf guruhi, yuqori xavf guruhlariga boʻlinadi.

Ular qaysi guruhga mansubligiga koʻra belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtishi va salomatligi davriy kuzatuvga olinishi nazarda tutilmoqda. Xususan, yuqori xavf guruhiga kiruvchi va mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinib, uyiga borgan holda individual patronaj amaliyoti joriy etiladi.

Shuningdek, profilaktik koʻriklar oʻrniga hududning oʻziga xos xususiyatlari va aholining qaysi guruhga mansubligidan kelib chiqib, muayyan kasalliklar boʻyicha muntazam tibbiy skrining tekshiruvlari tashkil etilishi, patronaj koʻriklarini maqbullashtirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimini joriy qilish belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?