Aholi muammolari oʻz yechimini topmoqda

14:06 27 Mart 2019 Jamiyat
337 0

Fargʻona viloyati ikkinchi sektori – viloyat prokurori tomonidan Uchkoʻprik tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Tumandagi 9 ta mahalla fuqarolar yigʻini ushbu sektor hududida boʻlib, hududda 39 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Fuqarolar, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar, asosan, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yoʻllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid boʻldi. Ularning aksariyatiga shu yerning oʻzida yechim topildi.

Masalan, “Sherobod” qishlogʻida yashovchi F.Karimova ishga joylashtirish, “Mehnat-rohat” qishlogʻida yashovchi A.Imomovani tomorqasini haydash va mevali daraxt koʻchatlari bilan taʼminlash, “Urganji” qishlogʻida yashovchi M.Keldiyev uy-joy bilan taʼminlash, “Xasanqora” qishlogʻida yashovchi M.Mahmudovani sud hukmidan norozi boʻlib, “Qatagʻon” qishlogʻida yashovchi B.Raxmonov buzilgan binosi uchun kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish, “Shoʻx” qishlogʻida yashovchi Z.Ortiqov ichimlik suvi tarmogʻi tortish, “Jaloyer” qishlogʻida yashovchi Z.Oxunova kredit ajratishda yordam soʻrab murojaat qildilar.

-Tikuvchilik seximni kengaytirish maqsadida qoʻshimcha uskuna sotib olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etsamda, menga kredit ajratilmayapti, - deya murojaat qildi “Anhor” koʻchasida yashovchi M.Mamajonova. - Ommaviy axborot vositalari orqali sayyor qabul tashkil etilganligini bilib, shu muammoga yechim topishlarini soʻrab keldim.

Tadbirkorning murojaati tegishli idoralar vakillari ishtirokida oʻrganilib, masala ijobiy hal etildi.

-1-guruh nogironi boʻlgan turmush oʻrtogʻimga nogironlik aravachasi olish uchun tegishli idoraga qilgan murojaatim hal etilmayapti, sayyor qabul davomida turmush oʻrtogʻim uchun nogironlik aravachasi berildi, - deydi “Jaloyer” qishlogʻida yashovchi fuqaro R.Salimova.

Ushbu sayyor qabul davomida 120 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalarga doir murojaatlari eshitilib, ulardan aksariyatini joyida hal etish choralari koʻrildi.

Xususan, 10 nafardan ortiq fuqarolarning ishga joylashtirilishi,

5nafar nogironlarga aravachalar berilishi, 7 nafar fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, davolanishga yotqizilishi, 10 nafarga yaqin fuqarolarga

moddiy yordam va bepul dori-darmon berilishi, 40 dan ortiq fuqarolarning kommunal xoʻjalik bilan bogʻliq muammolari hal etilishi taʼminlandi.

Yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?