Ahmed Bashar ShЕN: “Qardosh Oʻzbekiston xalqining oʻz mustaqilligiga erishgan kun biz uchun ham bayramdir”.

15:14 30 Avgust 2018 Siyosat
67 0

Ahmed Bashar ShЕN, Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi:

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz lavozimiga kirishganidan buyon jadal islohotlar jarayoni boshlandi va bu izchil davom ettirilmoqda. 2017 — 2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi Oʻzbekiston xalqining iqtisodiy farovonligini yuksaltirish, davlat va huquq tizimini ham har tomonlama ravnaq toptirish maqsadlarini qamrab olgan.

Bu davrda dastlab iqtisodiyot va huquq tizimi, soʻng deyarli har bir sohada keng islohotlar amalga oshirilyapti. Ularning bir qismi hozirdanoq natija bermoqda. Ichki ishlar, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda yuz bergan oʻzgarishlarni Oʻzbekiston ¬xalqi, albatta, yuqori baholaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida mamlakatning tashqi aloqalarda erishgan yutuqlarini uch yoʻnalishda kuzatish mumkin. Bular — ikki tomonlama aloqalar, mintaqaviy mavzular va koʻp tomonlama munosabatlar. Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekiston dastavval qoʻshnilar, soʻng barcha davlatlar bilan munosabatlarda katta qadam tashladi. Buning natijasida esa savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib, Oʻzbekistonga tashrif buyu¬rayotgan sayyohlar koʻpayganiga, madaniy, ilmiy, texnik kabi qator sohalarda oʻsish kuzatilayoganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Shu maʼnoda, Turkiyaning ham oldingi saflardan oʻrin olishi biz uchun quvonchlidir.

Prezidentimiz Rejep Tayyip ¬Erdoʻgʻon Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz lavozimiga saylanganidan soʻng Oʻzbekistonga ikki marotaba, mamlakatingiz rahbari esa Turkiyaga bir marotaba tashrif buyurdi. Qisqa muddatda munosabatlarimiz Strategik sheriklik darajasiga koʻtarilib, savdo aylanmasi xajmi yillik oʻrtacha 30 foiz koʻpaydi. Oʻzaro munosabatlarimizda erishilgan marralarni batafsil qogʻozga tushirish uchun koʻp sahifalar kerak boʻladi. Biroq men qisqacha qilib, hamma sohalarda katta oʻzgarishlar yuz berganini taʼkidlash bilan kifoyalanaman.

Tashqi aloqalarning ikkinchi qirrasi boʻlgan mintaqaviy sohada Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik davrida Oʻzbekiston muhim odimlar tashladi. 2017 yil noyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo hamkorligi mavzuidagi konferensiya, mazkur anjuman chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yil mart oyida Ostona shahrida tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi jarayoni, shuning¬dek, 2018 yil mart oyida Oʻzbekiston tashabbusi bilan Toshkentda oʻtkazilgan Afgʻoniston boʻyicha konferensiya mamlakatingizning oʻz mintaqasida tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va muloqotni mustahkamlash boʻyicha tashlagan ulkan qadamlaridir. 

Qardosh Oʻzbekiston xalqining oʻz mus¬taqilligiga erishgan kun biz uchun ham bayramdir. Oʻzbekiston istiqlolini birinchilardan boʻlib tan olgan davlatning Favqulodda va muxtor elchisi sifatida qardosh yurtga mustaqilligi abadiy boʻlishini, Oʻzbekistonda ¬Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuritilayotgan islohotlar ¬jarayoni muvaffaqiyatli davom etishini istayman. Turk xalqi va shaxsan oʻz nomimdan chin koʻngildan Oʻzbekiston ahliga tinchlik, osoyishtalik va ¬barqarorlik tilayman. Turk va oʻzbek xalqlarining, davlatlarining qardoshligi abadiy boʻlsin!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?