Agrobank: “BankExpo – 2019”da ham zamonaviy xizmatlar, ham qiziqarli tanlovlarni taqdim etmoqda

19:21 12 Aprel 2019 Jamiyat
566 0

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari “BankExpo – 2019” milliy koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Koʻrgazma doirasida “Agrobank” stendi joylashgan maydon eng gavjum ekanligi uzoqdan koʻrinib turibdi. Buning sababi bor albatta. Vaholanki, bank vakillari koʻrgazma ishtirokchilari uchun taassurotlarga boy turli oʻyinlar hamda tanlovlar oʻtkazmoqda. Qiziqarli savollarga tezkor javob topgan mijozlar va ishtirokchilar esa gʻolib sifatida taqdirlanmoqda. Bunday quvnoq va sovgʻalarga boy maydoncha esa atrofdagilarning diqqatini tortmoqda.

Qayd etish joizki, mazkur koʻrgazmada boshqa banklar qatori “Agrobank” ham mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida innovatsion texnologiyalar, asbob-uskunalar yaʼni masofadan turib onlayn tarzda amalga oshirishni oʻzida jamlagan qurilma, mobil ilovalari bilan faol ishtirok etmoqda.

Bir tarafda bank mutaxassislari koʻrgazmaga kelgan mijozlar, xususan, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yoshlarga bank xizmatlari boʻyicha zarur maʼlumot va maslahatlar berayotgan boʻlsa, boshqa tarafda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga yangi xizmatlar tushuntirilmoqda.

Bu jarayonda koʻpchilik “Agrobankmobile” ilovasining yangicha turdagi zamonaviy koʻrinishi hamda “online kredit” boʻlimidagi mikroqarz olish imkoniyati bilan qiziqmoqda. Taʼkidlash joizki, oʻtgan davr mobaynida “Agrobankmobile” ilovasi orqali milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish, ilovadagi “Omonatlar” boʻlimida onlayn depozit hisobvaragʻi ochib, unga zarur mablagʻni oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, yuridik shaxslar va fermer xoʻjaliklari “Agrobank-Mobil-Biznes” ilovasi orqali onlayn tarzda masofadan turib imtiyozli kreditlarni oʻzlashtirish va zarur maʼlumotlarni olishlari mumkin. Bunda fermerlarning vaqti va ortiqcha sarf-xarajatlari keskin qisqaryapti.

Ayni vaqtda aholi va mijozlarga yanada qulaylik yaratish va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida bank yurtimiz boʻylab, keng tarmoq yozmoqda. Xususan, 400 ta bankomat, 420 infokioska va 248 mini-bank aholiga turli xizmatlar koʻrsatmoqda. Ushbu bankomat, infokioska va mini-banklar orqali mijozlar uchun kreditlarni rasmiylashtirish, xalqaro pul oʻtkazmalari, valyuta ayirboshlash, naqd pul olish, kommunal toʻlovlarni qabul qilish, plastik kartalar bilan amaliyotlar kabi bankning boshqa yangi xizmat turlarini amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan.

Reklama huquqi asosida


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?