AGMK klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 3-oʻrin uchun oʻynaydi

11:08 16 Avgust 2019 Sport
145 0

Ayni paytda futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida yarim final uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston nomidan turnirda qatnashgan AGMK yarim finalda Eronning “Mes Sungun Varzeqan” klubi bilan bahs yuritdi va 3:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.

AGMK endi uchinchi oʻrin uchun Vyetnamning “Tay Son Nam” klubiga qarshi bahs yuritadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?