Age of Empires II va Microsoft Temuriylarning afsonaviy tarixiga oid strategik oʻyinning yangi koʻrinishini ishga tushirishdi

15:55 04 Dekabr 2019 Jamiyat
258 0

Oradan 20 yil oʻtib Age of Empires II va Microsoft eng mashhur strategik oʻyinning yakuniy versiyasini ishga tushirdi. U Temuriylarning afsonaviy tarixiga bagʻishlangan. Buni butun dunyodagi muxlislar kutishayotgan edi.

Geymerlarni Markaziy Osiyoni ochishga nima majbur qildi?

Shaxsiy kompyuterlarda oʻynaladigan ushbu oʻyin taqdim etilganidan keyin oradan 20 yil oʻtib uning mualliflari oʻz grafikasini toʻliq qayta koʻrib chiqishga qaror qilishdi. Bundan koʻzlangan maqsad uni konsol yordamida oʻynash va uchta sivilizatsiyani qoʻshishdan iborat edi.

Xususan, Xbox Game Studios Amir Temur hayotiga bagʻishlangan kampaniyani taqdim etdi. Unda buyuk sarkardaning 1369-yilga hokimiyat tepasiga kelishi va sarhadlarini kengaytirishga qaror qilgani gap boradi. Hozirgi Oʻzbekiston hududida tavallud topgan Amir Temur Suriya sharqidan tortib Qozogʻiston janubigacha, to Hindiston shimoligacha boʻlgan hududlarni egallagan buyuk imperiya yaratishni bel bogʻlagani, bu yoʻldagi kurashlar haqida maʼlumotlar beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?