Afv etish qanday shakllarda amalga oshiriladi? 

12:05 10 May 2018 Hujjatlar
2766 0
Foto: thecrimereport.org

“O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Bu haqda Adliya Vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Farmon bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, afv etish Prezident tomonidan Farmon qabul qilish orqali quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
*asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish;
*jazodan shartli ozod qilish;
*umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qismini yengilroq jazoga almashtirish;
*sudlanganlikni olib tashlash.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?