Hukumat kuchlari yuzdan ortiq jangarini yo‘q qildi

12:24 14 Iyul 2018 Dunyo
519 0
Foto: AfTAG

Kuni kecha Afg‘onistonning Paktiya muzofotida ikkita tozalash operatsiyasi o‘tkazildi. Oqibatda “Tolibon” harakatining o‘nlab jangarilari yo‘q qilindi, deb xabar berdi Afg‘on telegraf agentligi.

Harbiy harakatlar havo kuchlari qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshirildi. Ahmadobod tumanidagi amaliyotlarda 55 nafar tolib, jumladan, ularning qo‘mondonlari o‘ldirilgan, o‘nlab jangarilar yaralangan.

Hukumat kuchlari, shuningdek, muxolifatga tegishli bo‘lgan katta miqdordagi qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilarni ham yo‘q qilgan.

Ikkinchi tozalash ishlari Zurmat tumanida o‘tkazildi. U yerda 64 nafar “Tolibon” o‘ldirilgan. Ularning ichida ushbu hudud jinoyat olami yetakchisi Ayub va ismi aytilmagan yana bir dala qo‘mondoni bor, deb xabar berdi “Tolo News”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?