“Afrosiyob” ning yangi reyslari yoʻlga qoʻyiladi

11:50 22 Avgust 2019 Jamiyat
88 0

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼmuriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, 2019-yil 1, 2, 3-sentyabr kunlari “Samarqand – Toshkent – Samarqand” yoʻnalishida 773/774– sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining harakati yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qiladi.

2019-yil 1, 2, 3-sentyabr kunlari “Samarqand-Toshkent- Samarqand” yoʻnalishida harakatlanadigan 773/774-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari soat 11:08 da Samarqand vokzalidan, soat 17:00 da esa Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?