“Afrosiyob”: harakat jadvalida oʻzgarish

19:44 02 Fevral 2019 Jamiyat
313 0

Arxiv foto

2019 yil 2 fevraldan boshlab, Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qilayotgan №762/761 “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa toʻxtashi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda saytimizga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur zamonaviy poyezdlar harakat jadvaliga oʻzgartirish kiritishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar hamda investorlarga keng qulayliklar yaratish, qolaversa, yoʻlovchilarga sifatli transport xizmatlarini koʻrsatish, bundan tashqari, koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdan iboratdir.

Eslatib útamiz, 2019 yilning 2 fevral sanasidan boshlab, Toshkent — Buxoro yoʻnalishida harakatlanadigan №762 “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Toshkent vokzalidan soat 07.28 da harakatini boshlaydi va Jizzax vokzaliga soat 08.54 da kirib boradi. U yerdan harakatini soat 08.56 da davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 09.42 da kirib boradi hamda 09.50 da yana yoʻlga tushadi. Navoiy vokzaliga esa soat 10.40 da kirib boradi va 2 daqiqadan soʻng harakatini davom ettirib, soat 11.19 da Buxoro vokzaliga kirib boradi. 

Shuningdek, mazkur sanadan eʼtiboran Buxoro — Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan №761 “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Buxoro vokzalidan soat 15.50 da yoʻlga tushadi. Soat 16.27 da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16.29 da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 17.20 da kirib keladi hamda soat 17.28 da yana yoʻlga tushadi. Jizzax vokzaliga esa soat 18.14 da kirib keladi va ushbu vokzaldan soat 18.16 da harakatini boshlaydigan poyezd soat 19.44 da Toshkent markaziy vokzalida boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?