Afg‘onistonlik yoshlar “Xalq so‘zi” gazetasiga minnatdorlik bildirishdi

11:57 26 Mart 2018 Jamiyat
701 0

 

Ayni paytda poytaxtimizda boshlangan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun dunyoning 20dan ziyod mamlakatlaridan taniqli ekspertlar, nufuzli mehmonlar tashrif buyurmoqda. 

Ular orasida Surxondaryo viloyatidagi Afg‘ononiston fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazining talabalari ham bor. 
“Xalq so‘zi” gazetasining 2018 yil 24 martdagi sonida ana shu yoshlarning munosabatlari berilgan edi. 
Kuni kecha mazkur ta’lim markazning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Toshpo‘lat Toshev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida afg‘onistonlik yigit-qizlarning “Xalq so‘zi” gazetasida munosabati chiqishi yuzasidan minnatdorlik bildirib, “yoshlar bundan juda xursandlar” deb yozdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?