Afg‘onistondagi terrorchilar lageriga Qirg‘iziston orqali o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

11:43 26 Iyul 2018 Jamiyat
764 0
Illyutrativ foto

Qirg‘iziston orqali Afg‘onistondagi jangarilar lageriga tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida ketayotgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV axborot portali xabar berdi.

U jangarilar lagerida qo‘poruvchilik-terrorchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish maqsadida “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Tojikiston-Afg‘oniston” yo‘nalishi orqali Afg‘onistonga o‘tmoqchi bo‘lgan. Fuqaro Botken viloyati IIB ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

“O‘zbekiston fuqarosi O.P. Botken tumani hududida qo‘lga olindi. Uning yonidan elektron axborot tashuvchilar, arab yozuvidagi adabiyot,issiq kiyimlar, fonar, oziq-ovqatlar va boshqa buyumlar topildi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?