Afgʻonistondagi prezident saylovida qariyb 2,2 mln. kishi ishtirok etdi, sanoq davom etmoqda

10:15 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
63 0

Afgʻonistonda 28-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovida qariyb 2,2 mln. fuqaro ishtirok etdi, deb xabar berdi Pajhwok manbasi afgʻon mustaqil saylov komissiyasi maʼlumotlariga asoslanib.

Ushbu komissiya raisi Xava Alam Nuristoniyning Kobulda tashkil etilgan matbuot anjumanida bergan dastlabki axborotiga koʻra, mazkur siyosiy jarayonda 2 mln. 196 ming 436 nafar afgʻon qatnashgan. Bular mamlakat provinsiyalaridagi 3,736 ta saylov uchastkasidan kelib tushgan maʼlumotlar. Yaqin kunlar ichida yana salkam 800 uchastkadagi natijalar yaqin vaqt ichida Kobulga keltiriladi. Afgʻonistonda hammasi boʻlib roʻyxatga olingan 9,67 mln. saylovchi yangi davlat rahbarini saylashda ishtirok etishi mumkin edi.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistonda 2001-yilda toliblar rejimi qulagandan soʻng toʻrtinchi bor prezident saylovi oʻtkazildi. Saylov jarayonlari radikal guruhlar tahdidi sharoitida boʻlib oʻtdi.

Saylovning toʻliq natijalari 17-oktyabr-7-noyabr kunlarigacha eʼlon qilinadi. Zarurat tugʻilganda, saylovlarning ikkinchi turi 23-noyabrga belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?