Afg‘onistonda tuzilgan yangi siyosiy muxolifat o‘z maqsadini ma’lum qildi

16:50 27 Iyul 2018 Dunyo
352 0
Afg‘oniston bayrog‘i

Afg‘onistonda bir necha siyosiy partiya va jarayonlar ishtirokida Milliy yirik koalitsiya deb nomlangan siyosiy muxolifat tashkil topdi. Bu haqida “Amerika ovozi” teleradiosi xabar berdi.

Mazkur koalitsiyaga “Milliy jamiyat”, “Milliy junbush”, “Milliy vahdat” kabi partiyalar kirgan.

“Biz bugun mana shunday yirik siyosiy muxolifatga asos soldik. Bundan hech kim xavotir olmasligi kerak. Biz faqat kamchiliklarni to‘ldirish uchun ishlaymiz”,- deydi koalitsiya rahbarlaridan biri Muhammad Muhaqqiq.

O‘z navbatida Afg‘oniston Prezidenti ma’muriyati bayonot chiqarib, siyosiy muxolifat tashkil qilinganini olqishladi.

“Siyosiy partiya va jarayonlar “Milliy reja”lar tatbiqi uchun muhim rol o‘ynashi mumkin”,- deyiladi bayonotda.

Prezident Ashraf G‘ani yaqin kunlarda koalitsiya vakillari bilan uchrashishi mumkin. Yangi blok kelgusi prezident saylovida o‘z nomzodini e’lon qilishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?