Afgʻonistonda nomaʼlum shaxslar politsiya binosiga hujum qildi

17:25 27 Oktyabr 2020 Dunyo
171 0

27-sentyabr kuni bir guruh nomaʼlum shaxslar Afgʻoniston sharqidagi Xost viloyatida joylashgan politsiya boʻlinmasi binosiga bostirib kirishdi.

“TOLOnews” telekanalining mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berishicha, toʻqnashuv paytida bir nechta xavfsizlik kuchlari jarohat olishgan.

Huquq-tartibot idoralarining maʼlumotlariga koʻra, bino yonida bomba oʻrnatilgan avtomobil portlatilgan, shundan soʻng qurollangan guruh binoga bostirib kirgan va ikki tomon oʻrtasida otishma sodir boʻlgan.

Manbaga koʻra, xavfsizlik kuchlari portlovchi moddalar biriktirilgan yana bir mashinani yoʻq qilishga muvaffaq boʻlgan.

Hozircha biron bir terroristik guruh ushbu hujumni oʻz zimmasiga olgani yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?