Afgʻonistonda yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

16:24 27 Yanvar 2020 Dunyo
344 0

Foto: belta.by

Afgʻonistonning Gʻazna viloyatida yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi, deb xabar berdi mahalliy “TOLO News” telekanali.

Manbaga koʻra, samolyot “Tolibon“ guruhi nazorati ostidagi hududga qulab tushgan. Favqulodda vaziyat yuz bergan joyga Afgʻoniston maxsus kuchlari yuborilgan.

“TASS” xabariga koʻra, samolyot Afgʻonistonning “Afgan Airlines” aviakompaniyasiga tegishli boʻlib, uning bortida 83 kishi boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?