Afgʻoniston Tolibon bilan muzokaralar olib borish uchun uning yana bir qancha aʼzosini ozod qilmoqchi

13:41 11 Iyul 2020 Dunyo
171 0

Afgʻoniston hukumati matbuot kotibining 9-iyulda bergan xabarlariga koʻra, hukumat Tolibonning yana bir qancha aʼzolarini ozod qiladi. Hozirda Tolibon hibsdan chiqarilishi kerak boʻlgan bir necha yuz kishining roʻyxatini hukumatga taqdim etgan.

Afgʻoniston hukumati bu harakatlarni Tolibon bilan bevosita mamlakatda tinchlik oʻrnatish boʻyicha muzokaralar olib borish uchun amalga oshirmoqda. Ikki tomon oʻrtasidagi kelishuvlarga binoan, Afgʻoniston Tolibonning jami boʻlib 5000 nafar aʼzosini qoʻyib yuborganidan keyin muzokaralar boshlanadi. Hozirgacha hukumat Tolibonning hibsdagi 3000 dan ortiq aʼzosini ozod qilgan.

Lekin Afgʻoniston hukumati Tolibon bergan roʻyxatdagi baʼzi bir shaxslarni xavfsizlik nuqtayi nazaridan ozod qilishni istamayapti. Shuningdek, hukumatning Gʻarblik ittifoqchilari ham bunga qarshi chiqishmoqda.

“Ular bizga boshqa bir roʻyxatni berishdi. Mahbuslarni ozod qilish jarayoni davom etadi. Lekin Tolibon bilan yuzma-yuz muzokaralar ham tez orada boshlanishi kerak” deydi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Javad Faysal.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?