Afgʻoniston Prezidentining maslahatchisi Toshkentga keldi

14:24 06 Mart 2019 Jamiyat
455 0

6 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda boʻlib turgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Afgʻonistonda tinchlik jarayonini boshlash bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi hamda mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Vazir Afgʻonistonning mamlakat tashqi siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolayotganini va Oʻzbekiston uning iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklashda bundan keyin ham har qanday yordamni koʻrsatishga tayyorligini tasdiqladi.

Maslahatchi Hamidulla Muhib Afgʻoniston va uning xalqi uchun transport, energetika, va yoshlar uchun taʼlim sohalaridagi strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston tomonining ishtirok etishi Afgʻonistonda barqarorlikka erishish, uni mintaqaviy iqtisodiy uygʻunlashuvga jalb qilishning tarkibiy qismi va muhim sharti ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Afgʻoniston kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?