Afgʻoniston prezidenti toliblar bilan muzokaralarga tayyor

22:56 07 Mart 2020 Dunyo
161 0

Arxiv surat

Afgʻoniston hukumati 10-martda “Tolibon“ harakati bilan muzokaralar jarayoniga tayyor boʻladi, dedi Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani.

“Afgʻoniston Islom respublikasi oʻrnatilgan tamoyillarga asoslanib toliblar bilan muzokaralarni boshlashga tayyor“, — deya Gʻanining soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda EFE agentligi.

U muzokaralar uchun delegatsiya aʼzolari roʻyxati oʻninchi mart sanasiga tayyor boʻlishini aytdi.

Shu bilan birga Gʻani toliblarning asirlikdagi besh mingta jangarisini ozod etishni talab qilishlariga hali erta deb hisoblashini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, fevral oxirida AQSH toliblar bilan tinchlik kelishuvini imzoladi. Kelishuvda xususan, Afgʻonistonda oʻzaro tinchlik muzokaralarini boshlash va asirlarni almashtirish zarurligi aytilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?