Afg‘oniston hukumati “Tolibon” bilan yarashuv sulhini yana 10 kunga uzaytirdi. Biroq...

10:58 18 Iyun 2018 Dunyo
417 0
Foto: IslamNews.Tj

Afg‘oniston hukumati 17 iyun kuni “Tolibon” radikal harakati bilan bir tomonlama tuzilgan yarashuv sulhi muddatini yana 10 kunga uzaytirdi.

Bu haqda Reuters xabar tarqatdi. “Biroq afg‘on xavfsizlik kuchlari o‘zlarini har qanday hujumdan himoya qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Prezident Ashraf G‘ani toliblar bilan Ramazon oyining yakuniga yetishi va Hayit bayrami munosabati bilan 11 iyundan 19 iyunga qadar bir tomonlama vaqtinchalik yarashuvni e’lon qilgandi. Bunga javoban “Tolibon” harakati ham uch kunlik sulhga rozi bo‘lgandi.

Biroq o‘t ochmaslik rejimini uzaytirish bo‘yicha hokimiyat tomonidan berilgan taklifni “Tolibon” vakillari rad etgan. Ular yarashuv sulhini uzaytirish xohishi yo‘qligi, bugun tunda u nihoyasiga yetishi va operatsiyalar yangilanishini ma’lum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?