Afg‘oniston hukumati “Tolibon” bilan yarashilganini e’lon qildi

15:30 07 Iyun 2018 Dunyo
625 0
Foto: ИноСМИ

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” radikal harakati bilan musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi va Hayit bayrami munosabati bilan vaqtinchalik yarashuv e’lon qildi.

“Afg‘oniston hukumati Ramazonning 27-kunidan boshlab (11 iyun) Hayit bayramining beshinchi kunigacha(19 iyun) yarashuv e’lon qiladi”, deb yozadi Ashraf G‘ani o‘z tvitterida.

“Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “faqat “Tolibon” harakati a’zolariga qarshi hujum operatsiyalarini to‘xtatishini va xorij davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Islom davlati” terrorchilik guruhi va boshqa terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashni davom ettirishini”, deyiladi Ashraf G‘ani qoldirgan xabarda.

“Yarashuvni e’lon qilar ekanmiz, biz bu orqali Afg‘onistondagi qarama-qarshiliklarga tinch yo‘l bilan yechim topilishida afg‘on hukumati kuchlari va xalq irodasini ifodalagan bo‘lamiz”, deb yozadi Ashraf G‘ani.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?