Afg‘oniston g‘arbida 300ga yaqin jangari yo‘q qilindi

17:32 16 May 2018 Dunyo
101 0

 

Foto: SalamNews

Afg‘oniston g‘arbidagi Farax muzofotida “Tolibon” radikal guruhining 300ga yaqin jangarisi yo‘q qilindi. Janglarda 15 nafar harbiy va 10 nafar politsiyachi ham halok bo‘ldi, deb yozadi Tolo News.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni ertalab “tolibon”lar ushbu hududga hujum qilgan hamda hukumat kuchlari bilan jiddiy to‘qnashuv kelib chiqqan edi. Keyinchalik Afg‘oniston IIV vakili Najib Donish jangarilar birorta ham hokimiyat binosini egallay olmaganini bildirib o‘tdi.

NATO missiyasi qo‘mondonligining bildirishicha, Afg‘oniston huquq-tartibot organlari askarlari AQSh harbiy havo kuchlari yordamida “Tolibon” radikal guruhi bo‘limlari yurishini to‘xtatgan.

Muzofot gubernatori ma’lumotlariga ko‘ra, hujum amaliyotida qariyb 2 ming nafar jangari ishtirok etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?