Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi deklaratsiyasi

08:35 28 Aprel 2018 Siyosat
337 0

BMT rasmiy hujjati sifatida tarqatildi Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Afg‘onistonning BMT huzuridagi doimiy vakolatxonalari tomonidan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi deklaratsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi hamda Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

2018 yil 27 martda Toshkentda bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi konferensiyaning yakuniy hujjati BMTning rasmiy olti tiliga (rus, ingliz, arab, ispan, xitoy va fransuz tillariga) o‘girildi hamda tashkilotga a’zo barcha davlatlar o‘rtasida tarqatilgani barobarida, BMT rasmiy hujjatlari tizimiga joylashtirildi.
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi deklaratsiyasining mazkur mamlakatda tinchlik va yarashuvni ta’minlash zarurati, terrorizm hamda narkotiklar aylanishiga qarshi kurash, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma savdo-tranzit, transport, energetika, infratuzilma hamda kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha bandi beistisno BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjatidan joy oldi.
Hujjatda Afg‘oniston rahbariyati hamda ushbu mamlakat xalqining tinchlik va yarashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarining davomi sifatida Toshkent konferensiyasining muhim ahamiyati ta’kidlangan.

Bundan tashqari, Toshkent konferensiyasi Afg‘onistonda tinchlik jarayoni bo‘yicha keng qamrovli masalalar bo‘yicha ochiq hamda har tomonlama muhokamalar uchun noyob imkoniyatni taqdim qilgani, o‘zaro maqbul qarorlarni ishlab chiqish uchun rag‘bat bergani ham BMT materialida ta’kidlangan. Unda tinchlik, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha keng hamda mustahkam mintaqaviy va xalqaro murosani yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik izhor etilgan.
«Jahon» AA.
Nyu-York

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?