AES qurilishi boʻyicha pora olgan rahbarlarning taqdiri qanday boʻldi?

15:01 26 Mart 2019 Dunyo
714 0

Braziliyada AES qurilishi boʻyicha davlat shartnomalari uchun 500 ming dollar pora olganlikda ayblanayotgan sobiq prezident Mishel Temer apellyatsiya sudi tomonidan ozodlikka chiqarildi, deb xabar berdi Globo.

Sud 78 yoshli sobiq davlat rahbarini jamiyatga xavf solmaydi deb topdi.

2016-2018 yilgacha Braziliyani boshqargan Temer shu yil 21 mart kuni ushlangan edi. Ayni paytda unga nisbatan korrupsiya, pul yuvish, adliya ishlariga xalaqit berish va jinoiy guruh tuzish kabi ayblovlar boʻyicha tergov harakatlari olib borilyapti. Temer oʻz aybini tan olmagan.

Maʼlumot uchun, Braziliyaning yana bir sobiq prezidenti Lula da Silva bundan 12 yil oldin AES qurilishi boʻyicha korrupsiya ishi boʻyicha qamalgan edi. Temerdan oldingi prezident Dilma Rusefni ham korrupsiyada ayblashmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?