Aeroportda noqonuniy taksichi oʻz xizmatlarini taklif qilsa, Toshkent shahar IIBBga xabar berish mumkin

19:20 21 May 2019 Jamiyat
283 0

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida I. Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda oʻz xizmatlarini taklif qilayotgan xususiy taksistlardan noroziliklar bildirildi. Taksichilarning yopishqoqliklaridan ham koʻra, odamlar asossiz tarzda koʻtarilgan narxlardan norozi edilar.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining va jurnalistlarning xabarlarini inobatga olib, vaziyatni nazoratga oldi. Soliq idorasi va Oʻzbekiston avtomobil transport agentligi vakillari bilan birga avtotransport vositalari uchun ajratilgan hududda muntazam ravishda litsenziyasiz ishlaydigan taksichilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Masalan, aprel oyi va may oyining 20 kunida 43 nafar noqonuniy taksichi aniqlandi, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-3-moddasiga muvofiq (“Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish”) choralar koʻrildi.

Natijada bugun, Gazeta.uz jurnalisti “Effekt Makarenko” deb nomlangan blogida qayd etishicha, u Xalqaro aeroport yaqinida litsenziyasiz oʻz xizmatlarini taklif qilayotgan taksichilarni koʻrmagan.

Ammo shuni tan olish kerakki, ular butunlay yoʻqolmagan. Bugun noqonuniy taksichilar quyidagi uslubni tanlashgan: ular mashinalarini aeroport hududidagi avtoturargohda emas, uzoqroqda qoldirishadi. Aeroportdan chiqish tomonga esa mijoz chaqiradigan odamlarni joʻnatishadi.

Toshkent shahar IIBB bu kabi vaziyatga toʻqnash kelgan barchani noqonuniy taksichilar va ularning yordamchilari haqida Xalqaro aeroport yaqinidagi hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berishini yoki 102, 71-232-30-40 va 71-232-40-50 raqamlari orqali xabar berishlarini soʻraydi. Litsenziyasiz ishlayotgan taksichilarni va ularga yordam berayotganlarni suratga tushiring, ishonchingiz komil boʻlsin: choralar koʻriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?