“Adolat yoʻlida taʼlim”da talabalarga nima oʻrgatiladi?

17:20 06 Aprel 2019 Jamiyat
437 0

Foto: vazirlik matbuot xizmati.

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti BMTning Giyohvandlik moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda BMT modeli (MUN) boʻyicha xalqaro anjuman oʻtkazdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalida xabar berildi.

Konferensiyada Afgʻoniston, Bangladesh, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Turkiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 150 nafar chet ellik talaba, shu jumladan, Kembrij universiteti va Londondagi Vestminster universiteti kabi taniqli universitetlar vakillari qatnashdi.

Toshkent BMT xalqaro modeli (TIMUN) anjumani Doha deklaratsiyasiga bagʻishlanib, “Adolat yoʻlida taʼlim” (Education for Justice) shiori ostida, yangi formatda tashkil etildi.

Xabarda anjuman xalqaro diplomatiya, global siyosat, notiqlik, yetakchilik va samarali muzokaralar yuritish boʻyicha yoshlarga oʻzaro fikr almashish imkonini bergani taʼkidlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?