Adliya vazirligi juda yuqori maoshli ishga nomzodlarni taklif etmoqda

13:37 16 Aprel 2018 Jamiyat
783 0

Adliya vazirligi vazirlik huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti ishga taklif etmoqda!

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz ushbu institut Prezidentimizning 2018 yil 13 apreldagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni asosida tashkil etilgan.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
* oliy ma’lumot (yuridik, sotsiolog, moliya va boshqa ijtimoiy sohalar);
* davlat tilini yaxshi bilishi (rus yoki boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
* mehnat qonunchiligi doirasida boshqa talablar.

Xizmat vazifalari:
* strategik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
* ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarida axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha izlanishlar olib borish, takliflar kiritish;
* aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning innovatsion uslublar hamda usullarini ilmiy tadqiq etish, takliflar kiritish;
* sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
* davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini tadqiq etish;
* ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashda qatnashish.

* Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi to‘lovlar ta’minlanadi:
* oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha (mukofot puli va moddiy yordamlardan tashqari); 
* 6 ta bayram va 4 ta chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari;
* qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam (eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida).
* Bundan tashqari:
* adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon martaba darajalari beriladi;
* ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi, deb yozadi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?