Adliya vazirligi va “Gazprombank” AJ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

09:42 23 Oktyabr 2018 Jamiyat
763 0

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Gazprombank” AJ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi tomonidan maʼlum qilinishicha, mazkur bitim xorijiy sarmoyalar, xalqaro loyihalarni moliyalashtirish va davlat xususiy sherikchiligi sohalarida Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish doirasida vazirlikka ekspert-maslahat xizmatlari koʻrsatish, jumladan, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari va amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ekspert fikri taqdim etishni koʻzda tutadi.

Bundan tashqari, tomonlarning Oʻzbekistonda xorijiy sarmoyalar, xalqaro loyihalashtirishni moliyalashtirish va DXSH sohalaridagi yuridik kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirishga qaratilgan hamkorligini koʻzda tutadi.

Ushbu sohalarda bank tomonidan Adliya vazirligiga ekspert va konsultativ xizmatlarni takdim etish xorijiy sarmoyalar, xalqaro loyihalashtirishni moliyalashtirish, DXSH mexanizmlari hamda xorijiy investitsiyalar jalb kilishning boshqa shakllari asosida Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?