Adliya vazirligi rahbariyati savollaringizga javob beradi

05:57 11 Yanvar 2019 Jamiyat
551 0

Islohotlarning jadallashgani yaxshi. Chunki har birimiz ertangi kunimiz bugunimizdan-da yaxshi boʻlishini istaymiz. Ammo bu oʻzgarishlar oddiy xalq hayotida qanday aks etyapti?

Koʻp sonli mushtariylarimizning murojaatlarini eʼtiborga olgan holda, biz “Xalq bilan yuzma-yuz” rukniga bu gal Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyatini taklif qildik.

Agar sizda adliya organlari tizimiga kiruvchi barcha idora va muassasalar faoliyati, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti, oila hamda nikoh masalalari, davlat xizmatlari markazlari va notariuslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, odil sudlov tizimi, advokatura, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilar hamda aholi eʼtiboriga yetkazish bilan bogʻliq savollar boʻlsa, bizga murojaat qiling.

Sizning hech bir savolingiz eʼtiborsiz qolmaydi va eng muhimi, unga Adliya vazirligi rahbariyati javob beradi.

Savollarni “Xalq soʻzi” gazetasi tahririyatining elektron manzili info@xs.uz ga yoki veb-saytimizning telegrammdagi https://t.me/xs_uz kanalidagi maxsus botga yoʻllang.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?