Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan koloniyada oʻrganish oʻtkazmoqda

11:06 04 Iyul 2019 Jamiyat
281 0

Soʻnggi paytlarda internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mahkuma G.I.Karimovaning jazoni oʻtash muassasasidagi shart-sharoitlar xususida bildirilayotgan turli xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida oʻrganish oʻtkazilmoqda, deb xabar berdi vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar qiladi.

Unda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mazkur masala yuzasidan turli xil asossiz maʼlumotlar tarqatmaslikka chaqirilgan.

Adliya vazirligi oʻrganishlar natijasi yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?