Adliya vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

20:35 15 Yanvar 2019 Jamiyat
523 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlikning telegrammdagi @huquqiyaxborot rasmiy kanalida maʼlum qilingan.

Xususan, davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq, Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Istamov Maxmud Shuxratovich

Maxmud Istamov Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida va Prezident Adminstratsiyasida turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirgi paytga qadar adliya vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Prezidentimizning qaroriga muvofiq, Meliyev Xudayor Xurramovich adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Meliyev Xudayor Xurramovich

Xudayor Meliyev Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirgi paytgacha Adliya vazirligining Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?