Adliya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

12:13 19 Sentyabr 2019 Siyosat
195 0

Prezident qaroriga muvofiq Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich adliya vazirining oʻrinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

T. Abdusattarov 1978-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019-yil mart oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?