Adiblar xiyobonida maydonida ijodkorlarga bagʻishlangan muhim taqdimot boʻlib oʻtdi

10:28 12 Sentyabr 2020 Madaniyat
109 0

«Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda “Spectre” ijodiy studiyasi bilan hamkorlikda yosh rejissyor Shohruh Rasulov tomonidan suratga olingan, Adiblar xiyoboni, unda haykallari oʻrnatilgan shoir va yozuvchilarga bagʻishlangan “Xalq yuragi” nomli hujjatli film premyerasi hamda adiblar hayoti va ijodi haqidagi 24 seriyali loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Film ssenariysi Furqat Usmonov tomonidan yozilgan boʻlib, unga Shohrux Rasulov rejissyorlik qilgan. Postanovkachi-operator — Izzat Lutfullayev, ijrochi prodyuserlar Davronxoʻja Abdugʻaniyev va Zuhriddin Asomov.

Adiblar xiyoboni haqidagi film shu yilning 20-may kuni xiyobonning ochilish marosimida ishtirok etgan mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga koʻra yaratildi. Film ushbu noyob loyiha, atoqli shoir va yozuvchilar, ularning ijodi, shuningdek, xiyobondagi sheʼriyat ayvoni haqida hikoya qiladi. Loyiha doirasida yana 24 ta seriyadan iborat filmlar ishlab chiqariladi. Ular Adiblar xiyobonidagi haykallari oʻrnatilgan har bir shoir va yozuvchi hayoti va ijodiga bagʻishlanadi. Hozirda «Oʻzbekkino» MA tomonidan ushbu turkum hujjatli filmlarning ishlab chiqarish dasturi tasdiqlandi. Oʻtkazilgan tadbirda mazkur hujjatli filmlar turkumining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

«Oʻzbekkino» MA hujjatli filmlarni kino sanʼatining eng yorqin turlaridan biri sifatida rivojlantirishni, shu jumladan, mahalliy kinoxronika maktabining tarixiy shon-shuhratini tiklashni niyat qilgan. 9-sentyabr kuni «Oʻzbekkino» MAda boʻlib oʻtgan “Hujjatli kino” kuni ham sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash va hujjatli filmlar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish uchun uyushtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?