Abituriyentlarning eng yoshi va eng keksasi necha yoshni tashkil qildi?

11:19 16 Iyul 2019 Jamiyat
311 0

2019/2020 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazishda 14 yoshdan 87 yoshgacha boʻlgan abituriyentlar qayd etildi. Bu haqda Davlat test markazi rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, eng yosh abituriyent 14 yoshni tashkil qilgan. Aniqroq aytganda 14 yosh 212 kunlik abituriyent talaba boʻlish uchun hujjat topshirgan.

Eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni qarshilagan boʻlib, Oʻzbekistonning barcha davrlardagi abituriyentlari ichida bu rekord koʻrsatkich sanaladi. 87 yosh 182 kunlik fuqaro Oʻzbekiston tarixida oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan eng keksa abituriyent maqomini qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?