Abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun yigʻim undirish taklif etilmoqda

11:44 18 Fevral 2019 Jamiyat
518 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirishga oid Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Loyiha bilan shu jumladan, oldingi oʻquv yillarida taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar, I va II guruh nogironlari mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorida yigʻim (202 730 soʻm) undirish taklif etilmoqda.

Loyiha yuzasidan fikrlaringizni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qoldirishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?