Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?

11:36 24 Avgust 2020 Jamiyat
214 0

Maʼlumki, 22-avgustdan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmaydi:

— Test sinovlarisiz toʻliq kasbiy (ijodiy) imtihon boʻladigan taʼlim yoʻnalishlariga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga (ular oʻzlari tanlagan oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

— Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, lekin test sinovlari uchun toʻlovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;

— Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini oʻchirgan abituriyentlarga;

— Tegishli tartibda taʼlim yoʻnalishlarini tanlab roʻyxatdan oʻtmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport maʼlumotlarini kiritgan, lekin taʼlim yoʻnalishlarini tanlab roʻyxatdan oʻtmagan);

— Test sinovlarisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari). 

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Fuqarolik pasporti boʻlmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?