Abdujabbor Abduvaxitov: “BMT rezolyutsiyasini tayyorlash jarayonida juda qattiq bahs-munozaralar bo‘ldi”

12:41 18 Iyul 2018 Siyosat
224 0
Foto: XPK

BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan Xalqaro Press-klubning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Xalq so‘zi” muxbiri ham qatnashmoqda.

Sessiyasida ishtirok etayotgan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvaxitov BMT rezolyutsiyasi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mazkur BMT rezolyutsiyasini tayyorlash jarayonida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, uchrashuvlarda juda qattiq bahs munozaralar bo‘ldi. Ko‘plab davlatlar vakillarini ko‘ndirishga, ishontirishga tug‘ri keldi.

Avvallari Markaziy Osiyo bo‘yicha ba’zan mintaqa manfaatlariga xizmat qilmaydigan turli tashabbuslar ham bo‘lardi. Endi Markaziy Osiyo davlatlari o‘zlari birlashib, harakat kilmokda», deya gapirib o‘tdi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?