Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

10:43 12 Oktyabr 2018 Jamiyat
781 0

Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilmoqda. Yigʻilish davomida bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Ozarbayjon, Armaniston va Belarus respublikalarining vazirlari bilan uchrashgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?