Abdusalom Azizov Armaniston mudofaa vazirini qabul qildi

17:24 11 Oktyabr 2018 Siyosat
295 0
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Abdusalom Azizov MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyanni qabul qildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuvda harbiy taʼlim, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oid bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Eslatib oʻtamiz, 12 oktyabr kuni Oʻzbekiston Xalqaro forumlar saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining 75-majlisi boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?