Abdusalom Azizov AQSHning CENTCOM qoʻmondonligi bilan uchrashdi

12:04 01 Fevral 2019 Jamiyat
746 0

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.​

Oldin xabar berilganidek, 26 yanvar kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya AQSHga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketgan edi.

Bundan koʻzlangan maqsad mamlakatimiz maxsus boʻlinma harbiy xizmatchilari ishtirokida AQSHning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da oʻtkazilgan “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashgʻulotlarni kuzatish hamda CENTCOM qoʻmondonligi bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida 29-30 yanvar kunlari Abdusalom Azizov AQSH Markaziy qoʻmondonligi rahbariyati bilan Florida shtatidagi Tampa shahrida uchrashdi. Suhbat davomida ikki mamlakat Markaziy Osiyo va dunyoda tinchlik hamda xavfsizlikni taʼminlash, harbiy kadrlarni tayyorlash, hamkorlikdagi mashgʻulot va treninglarni oʻtkazish, shuningdek istiqboldagi harbiy hamkorlikning boshqa dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.​

Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi CENTCOM qoʻmondonligiga tashrifi chogʻida Strategik tahlil hamkorlikdagi guruh hamda Koalitsiyaviy muvofiqlashtiruv markazining funksiyalari bilan tanishdi.

Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi AQSHga rasmiy tashrifini yakunladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?