Abdulla Qodiriy bog‘i zamonaviy parkka, turizm maskaniga aylantiriladi

16:34 10 Avgust 2018 Siyosat
514 0

Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bog‘ni zamonaviy parkka aylantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari bog‘ markazida Abdulla Qodiriyning muhtasham haykalini o‘rnatish, bog‘ni boshqalardan ajralib turadigan qilib qurish, bu yerda adib yashagan davrni aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

Chorsu bozori va Gulbozor mahallasida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, bu tarixiy joyda turizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz shu yerda mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?