Abdulla Aripov va Asqar Mamin Qozogʻistonda toshqindan jabrlanganlar uchun yangi uylar qurilishiga start berdi

13:55 10 May 2020 Siyosat
268 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozogʻiston Bosh vaziri Asqar Mamin Turkiston viloyatining Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida uchrashdi. Bu haqda Qozogʻiston Bosh vaziri saytida xabar berildi.

Hukumatlar rahbarlari Maqtaaral tumaninig suv toshqinidan zarar koʻrgan Nurlijol, Orgebas, Firdavsi qishloqlarida suv toshqin oqibatlarini bartaraf qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu hududda olib borilayotgan tozalash ishlariga 1300 dan ortiq odam va 220 ta texnika, jumladan 200 nafar mutaxassis, 100 ga yaqin oʻt oʻchirish mashinasi, ekskavator, traktor, suv haydash nasoslari jalb qilingan.

Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida Bosh vazirlar mikrorayon qurilishi rejasi bilan tanishib, mahalliy fuqarolarga quriladigan uylar uchun poydevor qoʻyish marosimida ishtirok etishdi.

Mirzakentda Oʻzbekiston va Qozogʻiston mutaxassislari birgalikda Jenis, Janaturmis, va Dostik aholi yashash punktlaridagi 500 oila uchun uy, maktab, bolalar bogʻchasi va feldsherlik punkti qurish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?