Abdulla Aripov Moskvada Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

11:46 05 Sentyabr 2018 Siyosat
171 0
Foto: UZ24

Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 7 sentyabr kuni Moskvaga ishchi tashrif bilan borib, u yerda Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Atom energetikasi, sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Muzokaralardan soʻng bosh vazirlar raisligida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 19-majlisi boʻlib oʻtadi.

Muzokaralar yakunlari boʻyicha hukumatlararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?