Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov, Zokirjon Almatov, Ismoil Joʻrabekov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi

11:51 30 Avgust 2018 Jamiyat
2072 0

Bugun, 30 avgust kuni Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, taʼlim va sanʼat vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov II darajali “Ismoili Somonї” ordeni bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev Idarajali “Sharaf” ordeni, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov, Samarqand viloyati tojik madaniy markazi raisi Vaxidov Abduvaxob, Suv xoʻjaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Joʻrabekov, “Ovozi tojik” gazetasi boʻlim boshligʻi Toʻxtamish Toʻxtayev, Buxoro universiteti professori Tavakkal Choriyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlanishdi.

Onlayn nashrimizda Sherali Joʻrayev hamda Mavluda Xalilova Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangani haqida xabar bergandik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019