Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi

14:21 08 Yanvar 2019 Siyosat
182 0

Illyustrativ foto

8 yanvar kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chogʻida 2018 yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi va boshlangan yilda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda turli darajada boʻlajak Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya uchrashuvlari muddatlari va kun tartibi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?