Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bryusselga boradi

16:27 20 Noyabr 2018 Siyosat
434 0

2018 yilning 21-24-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Bryussel shahrida boʻladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida, “Yevroittifoq – Markaziy Osiyo” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi hamda Bryussel shahrida YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy komissari Federika Mogerini, YEIga raislik qilayotgan Avstriya Tashqi ishlar vaziri Karin Knyaysel, Belgiya Tashqi ishlar vaziri Dide Reynders va boshqa rasmiy shaxslar bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?