Abdulaziz Kamilov AQSH Davlat kotibi yordamchisining birinchi oʻrinbosari bilan uchrashdi

11:22 28 Noyabr 2018 Siyosat
292 0

Foto: TIV Matbuot xizmati

2018 yilning 27 noyabr kuni Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveysariyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jeneva shahrida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi birinchi oʻrinbosari Elis Uells bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil maydagi AQSHga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etish doirasida Oʻzbekiston-AQSH hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda oʻz ishini boshlayotgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya kun tartibi va ushbu davlatdagi tinchlik jarayonini boshlash yuzasidan fikr almashildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?