Futbol TV Ispaniya chempionati va Yevropa chempionlar ligasini jonli efirda namoyish etadi

12:26 16 Iyul 2018 Sport
2360 0

Futbol TV futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati (La Liga) va Yevropa chempionlar ligasini jonli efirda namoyish etadi. Bu haqda Uzreport TV asoschisi Ravshan Jo‘rayev ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan “FIFA jahon chempionati—2018”: Millionlar o‘yini, jonli translyatsiya va futbol zavqi” mavzuida matbuot anjumanida aytib o‘tdi. Ushbu matbuot anjumani Xalqaro press klub tomonidan tashkil etildi.

“Ispaniya chempionati va Yevropa chempionlar ligasini jonli efirda namoyish etamiz. Ayni paytda muzokaralar olib borilmoqda. Mahalliy futbol bo‘yicha ham katta loyihalar boshlayapmiz”, - deydi Uzreport TV asoschisi Ravshan Jo‘rayev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?