Ulug‘bek Rahmatullayev bitta xayriya konserti bilan litsenziyasini qaytarib oldi

13:00 13 Iyul 2018 Madaniyat
486 0
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi joriy yilning 27 iyunidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli xonandaning litsenziyasi tugatilganligi haqida ma’lum qilgan edi. Muassasa 11 iyul kuni xonandaga litsenziya qaytarib bergan.

“Oradan bir oz vaqt o‘tib, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev Muassasaga murojaat bilan chiqib, u o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirdi. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo‘llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10 iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Jom qishlog‘ida san’atsevar xalqimizga o‘zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi. Ulug‘bek Rahmatullayevning o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘zi tashabbus ko‘rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishida 11 iyuldan xonandaning litsenziyasi qaytarib berilishi ma’qul deb topildi”, deyiladi xabarda.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?