Ertaga “Tajik AIR” Dushanbe — Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshiradi

11:50 27 Iyul 2018 Iqtisodiyot
433 0
Foto: Sputnik

Tojikistonning “ Tajik AIR ” milliy aviakompaniyasi Dushanbe — Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

News.tj’ning yozishicha, ilk parvoz 28 iyulda Boeing 737-300 avialaynerida amalga oshiriladi.

“Samolyot Dushanbe xalqaro aeroportidan soat 9:00 da havoga ko‘tariladi. Parvoz vaqti 45 daqiqani tashkil etadi. Chiptaning narxi 684 somoni (taxminan 568 ming so‘m)ga teng“, deyiladi “Tajik Air” aviakompaniyasi matbuot-xizmati xabarida.

Manbada aytilishicha, ikkinchi reysni 4 avgust kuni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?